Mehnat migrantlarini Rossiyaga olib kirishning maxsus mexanizmi yaratildi
Olam
−
23 yanvar 2021
12706Rossiya Federatsiyasidagi qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyadan fuqarolarni jalb qurilishning "qo‘lda boshqarish rejimida" ishlaydigan mexanizmi joriy etilmoqda. Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Irek Fayzullin ma’lum qilgan.
Yangi mexanizmga ko‘ra, endilikda Rossiyaning qurilish kompaniyalari vakillari yoki viloyatlar rahbariyati ma’lum bir ob’ekt uchun migrantlarni chaqirish yuzasidan Qurilish vazirligiga murojaat qilishi mumkin. Murojaat uch hafda davomida komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Chegaralar ochilgandan keyin esa Rossiyaga xorijiy ishchilarni kiritishning yangi mexanizmi yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mehnat migrantlarini qurilish ob’ektlariga jalb qilishni soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan hukumatga topshiriq bergan edi.
LiveBarchasi