Mehmonxonada bosqin: 70 kishi bino ichida qolmoqda
Olam
−
11 may 2019
14398Bir necha qurollangan kishilar Pokistonning Gvadar shahridagi Pearl Continental 5-yulduzli mehmonxonasiga bostirib kirgan.
Bu haqda Pokiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib Dawn nashri xabar tarqatgan.
Manbaga ko‘ra, ushbu hududda otishmaning shovqini kelib turgan. Ayni vaqtda mehmonxona atrofi politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan
Taxminiy xabarlarga qaraganda mehmonxonaga kirib kelgan jangarilar uch-to‘rt kishidan iborat bo‘lgan.
Pakistan Today nashrining xabarida esa, ayni paytda bino ichida 70ga yaqin kishi, jumladan 40 ga yaqin Xitoy fuqarolari bor.
Hozircha jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar berilmagan. Nashrga ko‘ra, jangarilar kuchli qurollangan bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi