ISHID Isroilga kimyoviy hujum bilan tahdid qildi

Olam

image

ISHID terrorchilik tashkiloti Isroilga hujum qilish – ularning asosiy maqsadi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda jangarilarning audioyozuviga asoslanib, The Times of Israel nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar bu qarorga AQSHning Isroil va Falastin nizosini hal etishga qaratilgan “asr kelishuvi” rejasidan so‘ng kelgan. Ular yangi hujumlar bo‘lishini, Isroildagi aholi punktlari raketa va kimyoviy qurollarni sinash poligoniga aylantirilishini aytib tahdid qilishdi.  

AQSH Prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uydagi uchrashuv vaqtida “asr kelishuvi”ni muhokama qilishgan edi. Ushbu rejaning to‘liq tafsiloti keyinroq e’lon qilinishi aytilgandi.

Falastin-Isroil nizosini hal etishga qaratilgan ushbu reja haqidagi gap-so‘zlar 2019 yilning aprel oyida paydo bo‘lgandi. AQSH Quddusni ikki bo‘lib, Falastin davlatini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirish uchun 50 milliard dollar sarflanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

IShID Isroil

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing