MDH aksilterror markazida Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi
Olam
−
19 fevral 2019 6102 1 daqiqa
Bugungi kunda Afg‘onistongda 20 dan ortiq terrorchi guruhlar faoliyat olib boryapti. Bu haqda MDH Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari Andrey Novikov ma’lum qildi.
“Hamkorlarimizning baholashicha, Afg‘onistonda 20 dan ortiq terrorchi guruh mavjud. Shu bilan birga, biz ularning g‘oyaviy va siyosiy o‘xshash emasligi, manfaatlarining kesishuvi, umumiy uyushgan jinoyatchilik bilan aloqalarini to‘la baholay olamiz”, degan MDH Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari Andrey Novikov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlaridagi xavfsizlik organlari, maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari suriya-iroq va afg‘on-pokiston chegarasidagi vaziyatni avvalgidek murakkab deb baholayapti.
Yig‘ilishda MDHga a’zo 9 davlat – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston vakillari ishtirok etdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025