MDH Tashqi ishlar vazirlari Ukraina masalasini muhokama qilyapti. Ular orasida Norov ham bor

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib turibdi. Bugun, 13 may kuni o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi start oldi. 

So‘nggi bor MDH Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan 6 oy avval,  Minskda uchrashgan edi. O‘shanda O‘zbekiston nomidan sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qatnashgan. Shuningdek, o‘sha vaqtda mintaqadagi vaziyat bugungidan ancha barqaror edi. 

Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek, Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.  

Qayd etilishicha, xalqaro xavfsizlik masalalariga, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. 

Shuningjek, MDH Davlat rahbarlari kengashining 2022 yil 14 oktyabrda Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yangi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilinadi. 

Uchrashuvda Ukrainadagi vaziyat muhokama qilinishiga shubha yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya diplomatik idorasi rahbari Sergey Lavrov o‘z hamkasblariga Rossiyaning Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rab qilgan murojaatiga javoban boshlagan maxsus harbiy operatsiyasi borishi haqida ma’lumot beradi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing