MDH sammitida 14 ta hujjat imzolandi
Olam
−
08 Oktabr
8272Bugun, 8 oktyabr kuni Moskvada o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida bir qator hujjatlar imzolandi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, MDH sammiti doirasida quyidagi hujjatlar imzolangan:
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik to‘g‘risida”gi qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risida”gi bayonnoma qarori.
- "Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlarining 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi sovet xalqining G‘alabasining 80 yilligi munosabati bilan Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlari va jahon hamjamiyatiga Murojaatnomasi to‘g‘risida”gi qarori.
- “MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining integratsion hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida”gi qaror.
- “2025 yilda Lochin shahrini (Ozarbayjon Respublikasi), 2026 yilda Megri shahrini (Armaniston Respublikasi), 2027 yilda – Molodechno shahrini (Belarus Respublikasi) Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti, deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarga yuboriladigan delegatsiyalarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi konvensiya.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning 2010 yil 10 dekabrdagi Shaxslarni davlatlararo qidiruv to‘g‘risidagi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Bayonnoma.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan deradikalizatsiya sohasidagi hamkorlik dasturi to‘g‘risida”gi qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2027 yilni “Huquqiy ta’lim yili” deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi to‘g‘risida”gi qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Terrorga qarshi kurash markazi rahbari to‘g‘risida”gi qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlarining fuqarolik maqsadlarida sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bayonoti to‘g‘risida”gi qaror.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 1941-1945 yillardagi Mehnat shuhrati shahri faxriy unvoni to‘g‘risida”gi qarori.
- “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sertifikatini berish to‘g‘risida”gi bayonnoma qarori.
Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tgan sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, MDH doirasidagi amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.