MDH davlatlari umumiy tarix xotirasini saqlash muhimligini tushunadi – Putin 

Olam

image

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining barcha davlatlari umumiy tarix xotirasini saqlash va uni soxtalashtirishning oldini olish muhimligini tushunadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 8 oktyabr kuni Hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashida so‘z ochdi.

“Yoshlar, albatta, xalqlarimizning bir davlatda uzoq umr ko‘rishi davomida erishgan yutuqlari, ota-bobolarimiz, ayniqsa, Ulug‘ Vatan urushi yillarida ko‘rsatgan jasoratlarni bilishi kerak”, dedi u.

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini birgalikda nishonlash rejalari haqida gapirar ekan, Rossiya rahbari Hamdo‘stlik mamlakatlarida bu yil fashistlarga qarshi kurashda Tinchlik va birlik yili bo‘lishini ta’kidladi.

“Shu munosabat bilan, Rossiya tashabbusi bilan Davlat rahbarlari kengashining G‘alaba yilligi munosabati bilan Murojaatnoma loyihasi muhokamangizga kiritildi”, degan Putin.

Shuningdek, u MDHda “Mehnat shuhrati shahri” faxriy unvonini ta’sis etish va uni aholisi Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga erishish, harbiy va fuqarolik texnikasini uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlashga alohida hissa qo‘shgan Hamdo‘stlik shaharlariga berishni taklif qildi. 

“Bu xalqlarimizning front ortida mehnat qilgan va dushmanni yengishda yordam bergan barcha jasoratlarini e’tirof etish va hurmat qilish ramziga aylanadi", deydi Rossiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining 5 ta va uzoq xorijning 5 ta davlatidagi darsliklarda Rossiya tarixi va bugungi zamonaviy Rossiya qanday o‘qitilishi haqida 150 sahifalik rasmiy tadqiqotni e’lon qilib, kitoblarda “Rossiya qonli tartibsizliklar tashkilotchisi, zo‘ravon mamlakat sifatida tasvirlangan, sayyorada bu mamlakat “bo‘lmagani yaxshiroq” ekani aytilganini bildirgandi. Institutga ko‘ra, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston darsliklari nihoyatda chala-yarimta bo‘lib, Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqiga (lekin ruslarga emas) qarshi ayblovlarni umumiy tarix nutqi bilan izchil bog‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya MDH Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing