MDH davlatlari razvedkachilari Saudiyadagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image

Mustaqil davatlar hamdo‘stligi a’zo davlatlari razvedka xizmati rahbarlari Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlariga hujum bilan aloqador vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin MDH a’zo davlatlar razvedka va xavfsizlik xizmati rahbarlari uchrashuvi yakunida ma’lum qildi.

“Biz o‘zaro hamkorlik va Yaqin Sharqdagi vaziyatning borishini muhokama qildik. Albatta, Saudiya Arabistonidagi energetika infratuzilmalariga hujum kabi noxush voqealarni ham eslab o‘tdik. Bunday vaziyatlar uchun tarafimiz aniq: biz bunday harakatlarni qattiq qoralaymiz”, dedi Sergey Narishkin.

Narishkinning so‘zlariga ko‘ra, Saudiyadagi neft ob’ektlariga hujumda u yoki bu davlatni ayblash o‘rinsiz.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi hududiga dronlar orqali hujum qilinishi natijasida portlash yuz berdi va yong‘in chiqdi. Shundan so‘ng, mamlakat neft qazib olishni ikki marta kamaytirishga majbur bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiylar harakati “Ansar Alloh” o‘z zimmasiga oldi. AQSH esa bu hujumda Eronning ham “qo‘li bor” deb, hisoblayapti.

Shu sababdan Amerika Yaqin Sharqga qo‘shimcha kuch yuborishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH razvedka

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing