MDH davlatlari rahbarlari Peterburgda Putinni tabriklaydi

Olam

image
Mirziyoyev 70 yoshni qarshilayotgan Putinni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi north_east

Mirziyoyev 70 yoshni qarshilayotgan Putinni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Ertaga, 7 oktyabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabriklash uchun Sankt-Peterburgga boradi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Sankt Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi ham o‘tkaziladi.

“Ertaga Prezident (Vladimir Putin – tahr.) Sankt-Peterburgda ishlaydi, bir qator xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlari (rejalashtirilgan – tahr.), biz sizga xabar beramiz. Shuningdek, kunning yarmida Prezidentning MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi [ishtiroki] rejalashtirilgan”, deydi u jurnalistlarga.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Konstantinovskiy saroyida bo‘lib o‘tadi. Rossiya davlati rahbarining matbuot kotibi buni kelgusi hafta bo‘lib o‘tadigan MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish sharoitida o‘ta muhim voqea deb atagan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov MDH davlatlari rahbarlari Vladimir Putinni yubileyi bilan tabriklashlarini qo‘shimcha qildi.

“Qoidaga ko‘ra, protokolda bu (tabriklash – tahr.) hech qachon ko‘zda tutilmagan. Va ko‘pincha sovg‘alar odatda protokollar orqali uzatiladi, lekin, albatta, baribir, hamma bir-birini bir yildan ortiq hatto o‘n yildan ko‘proq vaqtdan beri bilishadi. Shuning uchun ular bir-birlarini tabriklashadi”, deydi Peskov jurnalistlarning protokolda boshqa davlatlar rahbarlari Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash nazarda tutilganmi, degan savolga javob berar ekan.

Peskov, shuningdek, Prezidentning juma kuni band ish kuni bo‘lishini ta’kidladi.

MDH davlatlari rahbarlarining so‘nggi norasmiy uchrashuvi 2021 yilda, Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Putin yangi yil oldidan  28 dekabr kuni Prezidentlarni shimoliy poytaxtga taklif qilgan.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin ertaga, 7 oktyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlaydi. U 70 yoshni qarshilaydi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH

Baholaganlar

501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing