MCHJga dividend to‘lashi uchun muhlat belgilandi

Jamiyat

image

“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Birinchidan, ustav kapitalidagi ulushni (uning bir qismini) jamiyatning bir ishtirokchisidan boshqalariga va uchinchi shaxslarga o‘tkazish tartibi batafsil belgilandi. Endi imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish istagida bo‘lgan ishtirokchi o‘z ulushini (uning bir qismini) sotishni taklif etayotgan ishtirokchini 7 kunlik muddatda bu haqda xabardor qilishi kerak. Bunda ulushni to‘liq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligi ko‘rsatiladi.

Voqealarning keyingi rivoji kelib tushgan takliflarning umumiy miqdoriga bog‘liq:

  • agar u sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har biri uning o‘z xabarnomasida ko‘rsatgan qismini sotib oladi, agar uning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga o‘tkazilguniga qadar jamiyat ishtirokchilaridan qo‘shimcha takliflar kelib tushmasa, uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin;
  • agar u sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, ustav fondidagi o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi.

Ikkinchidan, ustav fondidagi ulushning 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs (bundan davlat mustasno), agar bungacha ulushlarga egalik qilmagan yoki 50 foizidan kamrog‘iga egalik qilgan bo‘lsa, minoritar ishtirokchilarga ulushlarini bozor qiymati bo‘yicha o‘ziga sotishni 30 kun ichida taklif etishi shart. Ustavda shunday tartibot nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu taklif jamiyat orqali yuborilishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisining o‘ziga tegishli ulushini sotishi to‘g‘risida 30 kun ichida yozma roziligini olgach, uni sotib olishi shart.

Uchinchidan, dividendlarni to‘lash muddati belgilandi – u foydani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan oshmasligi kerak. Ularni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi.

Qonunga ustav fondining eng kam miqdorini undan chiqarib tashlash bilan bog‘liq bir qator tuzatishlar ham kiritildi (batafsil qarang).


Maqola muallifi

Teglar

qonun MChJ dividend

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made