Mbappening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi
Sport
−
25 Sentabr
3331Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe tizzasidan olgan jarohati sabab 3 haftagacha maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Alaves” bilan o‘yinda o‘zini yomon his qildi va 80-daqiqada zaxiraga olindi.
Bu degani 25 yoshli futbolchi qirollik klubining “Atletiko”, “Lill va “Vilyareal”ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Killian oktyabrning ikkinchi yarmidan yana safga qaytishi kutilmoqda.
Yetti o‘yin natijasiga ko‘ra, “Real Madrid” 17 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Hozirda Kataloniyaning “Barselona” klubi 18 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.