Mbappening jarohati kutganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening jarohati klub dastlab kutganidan jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Cadena SER nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi fransuz hujumchisining UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida “Manchester Citi”ga qarshi javob o‘yiniga qadar safga qaytishiga umid qilmoqda. Biroq futbolchiga yaqin manbalar vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Mbappening ushbu uchrashuvda maydonga tushishi ma’lum darajada xavf tug‘dirishi mumkin. Hujumchi so‘nggi paytlarda jamoa safida bir necha bor jarohat bilan o‘ynaganini hisobga olib, navbatdagi yirik musobaqa oldidan jarohatini yanada og‘irlashtirishni istamayapti.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar “Real Madrid” futbolchining to‘liq tiklanishiga yetarli vaqt bermasa, bu uning jismoniy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli Mbappe hech qanday tavakkal qilishni istamayapti va tiklanish jarayonini shoshiltirmaslik tarafdori.

Qayd etilishicha, futbolchi uchun asosiy maqsad – sog‘lig‘ini to‘liq tiklab, 2026 Jahon chempionati oldidan optimal jismoniy holatda bo‘lishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe “Real Madrid” jarohati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing