Mbappening uzrini e’tiborga olamiz – Xitoy TIV

Sport

−

image

Xitoy Taşqi işlar vazirligi Kilian Mbappening Mao Szedun haqidagi sözlari uçun uzr söraganiga e’tibor qaratdi. Biroq bu holat futbolçiga nisbatan boykotning yumşatilişiga olib kelişi noma’lum. Bu haqda Xitoy TIV vakili Go Szyakun brifingda jurnalistlar savoliga javoban töxtaldi.

“Biz uning uzr söraşini e’tiborga olamiz”, deydi Go Szyakun.

Diplomat Mbappening reklamaviy şartnomalari bekor qilinişiga munosabat bildirib, Xitoy xalqining his-tuyğularini oğritadigan söz va harakatlar butun jamiyat tomonidan qoralanişini bildirgan.

Özi nima bölgan edi?

Mbappe yaqindagi intervyusida özi körgan eng kulgili mem haqida gapirib, unda öz yuzi Xitoyning sobiq rahbari Mao Szedun suratiga qöyilganini aytgan. Uşbu bayonot Xitoyda keskin norozilikka sabab böldi.

Hodisa ortidan futbolçi Xitoyda bir neçta reklama şartnomalaridan ayrilgani, şuningdek, Xitoy markaziy televideniyesi La Liga uçraşuvlari translyatsiyalarini töxtatgani haqida xabarlar tarqaldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq La Liga rahbariyati xitoylik muxlislardan rasman uzr söragandi. Mbappening özi ham bayonoti öylamasdan aytilganini bildirib, Xitoy xalqiga çuqur hurmat bilan qaraşini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing