Mbappening onasi Madriddan uy izlamoqda
Sport
−
29 fevral 2024 3794 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening onasi va agenti Faiza Lamari o‘g‘lini Madridga olib kelish ustida ishlamoqda. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Madridning “Real” klubi 25 yoshli hujumchi bilan joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida shartnoma imzolash borasida kelishib olgani haqida xabarlar tarqaldi.
Manbaga ko‘ra, Lamari so‘nggi bir necha kunni Ispaniya poytaxtida o‘tkazgan va Mbappe uchun uy-joy tanlash bilan shug‘ullangan.
Qayd etilishicha, forvardning onasi o‘g‘lining “qaymoqranglilar” safiga o‘tishi tafsilotlarini muhokama qilish uchun “Real” vakillari bilan ham uchrashgan.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2017 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. 25 yoshli futbolchi parijliklar bilan 13 ta sovrin yutgan. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr