Mbappeni sotib olish uchun “Real”da so‘nggi imkoniyat qoldi

Sport

image

PSJ xo‘jayini Tamim bin Hamad al-Tanining ukasi Xalifa bin Hamad al-Tani “Real”ning fransiyalik futbolchi Kilian Mbappeni sotib olishga urinayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Agar biz qo‘ygan narxga rozi bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning. Aks holda bu mavsumni golfchi bilan yakunlaysiz”, deya al-Tani o‘z Twitter sahifasida yozib qoldirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, al-Tanining fikricha, golfchi “Real”ning uelslik futbolchisi Garet Beyl hisoblanadi.

Shuningdek, u “Qirollik klubi”ning yangi taklifi va transfer imkoniyatlari haqida o‘z mulohazalarini bildirgan:

“Ular juma kuni yangi taklif bilan chiqadi. Keling, vaziyat qanday yakunlanishini kuzataylik. Bu – oxirgi imkoniyat”.
 
Ma’lumot uchun, kecha, 24 avgust kuni PSJ rahbariyati “Real”ning 160 million yevrolik taklifini rad etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Xalifa bin Hamad al-Tani

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing