Mbappe zo‘rlashda gumonlanayotgan Hakimini himoya qildi
Sport
−
02 avgust 7149 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe sobiq jamoadoshi, PSJ himoyachisi Ashraf Hakimiga nisbatan 2023 yilda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilindi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
“Biz bu mavzuni tez-tez muhokama qilamiz va unga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashamiz. Avvalo, biz vahshiy emasmiz. Ikkinchidan, bunday holatlar kareramiz boshidayoq yuz berishi mumkinligini anglab, tayyor bo‘lganmiz.
Hakimi ayollarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Men uni hech qachon o‘zini nojo‘ya tutganini ko‘rmaganman, hatto u mast bo‘lsa ham. Do‘stlarimizdan ham u haqda bunday gaplar eshitmaganman”, degan Mbappe.
Ma’lumot uchun, Hakimi 2023 yil fevral oyida o‘z uyida bir ayolni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Ayolning politsiyaga aytishicha, Hakimi unga roziliksiz jinsiy harakat qilgan. U Hakimini oyog‘i bilan itarib, uyidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va ertasi kuni politsiyaga murojaat qilgan, biroq keyinchalik rasmiy ariza yozishdan bosh tortgan.
Shunga qaramay, prokuratura ushbu ishni o‘z nazoratiga olib, mustaqil tergovni boshlagan. Kecha, 1 avgust kuni ayblov xulosasi imzolangan. Endi tergov sudyasi uni tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Agar Hakimi aybdor deb topilsa, unga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
Live
Barchasi