Mbappe JCHda o‘ynaydigan eng yaxshi futbolchi deb topildi. Ronaldu esa...
Sport
−
17 noyabr 2022 8826 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe ESPN nashri tomonidan Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashadigan eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Kuchli uchlikka uning hamyurti Karim Benzema, shuningdek, “Manchester Siti”ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne kirdi. Lionel Messi to‘rtinchi, Krishtianu Ronaldu esa 20-o‘rinni egalladi.
1. Kilian Mbappe – Fransiya, PSJ;
2. Karim Benzema – Fransiya, "Real";
3. Kevin De Bryuyne – Belgiya, “Manchester Siti”;
4. Lionel Messi – Argentina, PSJ;
5. Robert Levandovski – Polsha, "Barselona";
6. Neymar – Braziliya, PSJ;
7. Luka Modrich – Xorvatiya, "Real";
8. Vinitsius Junior – Braziliya, "Real";
9. Tibo Kurtua – Belgiya, "Real";
10. Sadio Mane – Senegal, "Bavariya";
...
20. Krishtianu Ronaldu – Portugaliya, “Manchester Yunayted”.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi