Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Mbappe va Vinisius o‘z darajasini ko‘rsata olmadi – Anchelotti “Atletiko” bilan o‘yin haqida

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining hujumchilar Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning “Atletiko”ga qarshi (2:1) Yevropa Chempionlar ligasi birinchi uchrashuvidagi o‘yini haqida gapirdi.

“Mbappe va Vinisius gol urish imkoniyatiga ega bo‘lgan yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, agar hisob 3:1 bo‘lganida, javob o‘yinida o‘zimizga bo‘lgan ishonch yanada ortishi mumkin edi. O‘ylaymanki, futbolchilarning charchoqlari o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Endi javob o‘yiniga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtimiz bor. Mbappe va Vinisius o‘yiniga kelsak... “Atletiko” himoyasiga qarshi turish unchalik oson jarayon emas. Kilian va Vini odatdagidek o‘yin saviyasini ko‘rsatmagan bo‘lsalarda, kurashib, qattiq mehnat qildi”, deydi Anchelotti.

Qayd etish joiz, bu o‘yinda ikkala hujumchi ham gol ura olmadi. Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 12 mart kuni “matraschilar” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing