Mbappe o‘zi o‘ynagan klubni sotib oldi
Sport
−
30 iyul
28843Fransiya terma jamoasi sardori hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Fransiyaning “Kan” klubi egalaridan biriga aylandi. Bu haqda “Euro News” xabar berdi.
Yaqinda Ispaniyaning yetakchi klubiga qo‘shilgan Kilian endilikda Yevropaning eng yosh klub xo‘jayinlaridan biriga aylanadi. 25 yoshli hujumchi ikkinchi ligada to‘p surayotgan “Kan” klubining aksiyalaridan katta qismini sotib olish uchun salkam 20 million yevro to‘laydi. Kuzatuv kengashi raisi Per-Antin Kapton esa klubning qolgan qismiga 5 million yevro to‘lash evaziga egalik qiladi.
Gazeta, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar bir necha haftadan beri davom etayotgani va tez orada jarayonlar o‘z nihoyasiga yetishi haqida xabar berdi.
Shartnoma shuni anglatadiki, “Real Madrid” yulduzi o‘tgan mavsumni Fransiya ikkinchi divizionida oltinchi o‘rinda yakunlagan klubning 80 foiz aksiyalariga ega bo‘lib, oldingi asosiy aksiyador - Amerika investitsiya fondi hisoblangan Oaktree o‘rniga klubga egalik qiladi.
Mbappe Devid Bekxem izidan borib, onasi Fayza Lamari bilan birga o‘zining brend imiji bo‘yicha jamoasining hozirgi rahbari Ziad Hammudni yangi prezident etib tayinlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mbappe “qaymoqranglilar” safida 9-raqam ostida to‘p suradi. Hujumchining klubdagi maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi gollari soni va ko‘rsatgan sermahsulligiga qarab qo‘shimcha bonuslar oladi. Uning “Real” bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirilgani haqida xabar berilgandi.