Mbappe Shevchenko va Ibragimovichni ortda qoldirdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Barselona” bilan Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finali javob uchrashuvida (4:1) dubl qayd etdi.

Shu tariqa, fransiyalik forvard YeCHLdagi 71 ta o‘yinda 48 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada Mbappe musobaqadagi eng yaxshi to‘purarlar o‘ntaligiga kirdi va Andrey Shevchenko (100 ta o‘yinda 48 ta gol) va Zlatan Ibragimovichni (124 ta o‘yinda 48 ta gol) ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, yaqin orada Mbappe turnirda gol urish bo‘yicha afsonaviy argentinalik futbolchi Alfredo Di Stefano (49 gol) va hamyurti Terri Anridan (50) ham o‘zib ketishi mumkin.

Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJning “Barselona” ustidan qozongan g‘alabasi Kilianning “Real”ga o‘tish qaroriga ta’sir etmasligi xabar qilingandi. 

25 yoshli futbolchi 2024 yil fevral oyining birinchi haftasida “Real” bilan shartnoma imzolagan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing