Mbappe “Real”ga o‘z shartlarini qo‘ya boshladi
Sport
−
11 yanvar 2024 4309 1 daqiqa
Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tsa, Madrid klubining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishni xohlamoqda. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, forvard mamlakatlardagi soliqlardan tashqari yiliga 75 million yevro ishlab olishni reja qilmoqda.
Fransiyalik futbolchi shartnomani imzolagani uchun ham katta bonus olish niyatida, chunki PSJ bilan shartnomani uzaytirmasa taxminan 80 million yevrodan quruq qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe transferi ijobiy yakunlansa, “Real” Vinisius Juniorni sotishi mumkinligi xabar qilingandi. Chunki, Mbappe va Vinisius bitta pozitsiyada to‘p tepadi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart