Mbappe “Real”da nechanchi raqamda o‘ynaydi?

Sport

image

Yozda Madridning “Real” klubiga ko‘chib o‘tishi kutilayotgan Kilian Mbappe “Real”da 10-raqamda to‘p tepadi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich ayni paytda Madridda ushbu raqam ostida to‘p surmoqda, biroq yozda Luka katta ehtimol bilan Madridni tark etadi va fransiyalik futbolchi 10-raqamning yangi egasiga aylanadi.

Mbappega PSJda 7-raqamda harakat qiladi. “Real”da esa bu raqam Vinisiusga tegishli. Qayd etilishicha, qachon Vinisius “Real”dan ketsa yoki Mbappega o‘z xohishi bilan raqamini berishni istasa Killian 7-raqamga egalik qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mbappe 2018 yilda PSJ futbolchisiga aylangan. Uning transferi 180 million yevroni tashkil qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing