Mbappe PSJdan ololmagan pullari uchun UEFA'ga shikoyat qildi
Sport
−
20 avgust
2502Fransiya terma jamoasi sardori hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJdan ololmagan 55 million yevroni olish uchun UEFAʼga shikoyat qildi. Bu haqda “Le Monde” xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, klub futbolchiga pullarni to‘lab bermasa, musobaqalardan chetlatilishi mumkin. O‘zining sobiq jamoasidan qariyb 55 million yevro talab qilayotgan “Real” futbolchisi bu masalani hal qilish uchun Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqidan tashqari Fransiya futbol federatsiyasi orqali Fransiya professional futbol ligasining huquq qo‘mitasiga ham ariza bilan murojaat yo‘llagan.
“Parijdagi shartnomasi tugaganidan deyarli ikki oy o‘tgan bo‘lsa ham, futbolchi PSJ va uning asosiy aksiyadori Qatar Sports Investments bilan bahsda davom etmoqda va u muvaffaqiyatsiz to‘lovni talab qilmoqda”, deya yozgan nashr.
Ma’lumot uchun, Fransiya professional futbol nizomining 259-moddasiga asosan, ish haqi klublar tomonidan shartnoma bo‘yicha futbolchilarga har oyning oxirgi kunigacha to‘lanishi kerak. Biroq Mbappega aprel, may, iyun oylari uchun to‘lovlar berilmagan.
Joriy yilning 16 iyul kuni fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi. Hujumchining klubdagi maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi gollari soni va ko‘rsatgan sermahsulligiga qarab qo‘shimcha bonuslar oladi. Uning “Real” bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe o‘zi o‘ynagan klubni sotib olgani xabar qilingandi.