Mbappe masalasiga yana Fransiya Prezidenti aralashdi
Sport
−
22 iyul 2023 12256 1 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron PSJ hujumchisi Kilian Mbappega yana bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda “El Debate” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Makron 24 yoshli futbolchining yana bir mavsumni Parij klubida o‘tkazishini va 2024 yilgi Olimpiadaga e’tibor qaratishini istamoqda.
O‘tgan yili ham Kilian Mbappe Emmanuel Makronning aralashuvi tufayli PSJ bilan shartnomasini uzaytirgandi. O‘shanda ko‘pchilik futbolchining “Real”ga erkin agent sifatida o‘tishini kutgandi.
Mbappe 2024-2025 yilgi mavsum uchun PSJ bilan shartnomani avtomatik ravishda uzaytirish variantidan voz kechdi va u 2024 yilning yozida erkin agentga aylanadi.
O‘tgan mavsumda Mbappe Fransiya chempionatida 34 ta o‘yinda qatnashib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025