Mbappe klublar o‘rtasidagi JCH finalida o‘ynaydimi?

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida Italiyaning “Atalanta” klubiga qarshi o‘yinda (3:2) olgan jarohatidan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, forvard bo‘lajak o‘yinlarda maydonga tushish uchun faol harakat qilmoqda. Mbappe qirollik klubining qit’alararo kubok finali uchun qaydnomasiga ham kiritildi, biroq uning finalda asosiy tarkibda yoki zaxiradan maydonga tushishi aniq emas.

Qayd etish joiz, fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan Italiyaning “Atalanta” klubiga qarshi o‘yinda (3:2) jarohat olgandi. Fransiyalik futbolchi o‘yinning 36-daqiqasida almashtirildi. Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Real” 18 dekabr kuni Dohada 2024 yilgi qit’alararo kubokning final o‘yinida Meksikaning “Pachuka” jamoasi bilan o‘ynaydi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing