Mbappe kelgusi faoliyati bo‘yicha fikr bildirdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoasi Yevropa Chempionlar ligasidan chiqib ketgach, kelgusi faoliyati haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

“Men xotirjam bo‘lishga harakat qilyapman. Qayergadir ketish haqida o‘ylayotganim yo‘q. Bu mavsumda men uchun muhim bo‘lgan yagona maqsad – mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish”, deydi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilikda PSJ “Bavariya”ga umumiy 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mbappe 2018 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda, u Parij klubiga “Monako”dan ko‘chib o‘tgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Mbappening transfer narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing