Mbappe faoliyatidagi yubiley golini urdi
Sport
−
14 noyabr 1314 2 daqiqa
Kecha, 13 noyabr kuni Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Ukrainaga qarshi bahsda faoliyatidagi 400-golni urishga erishdi. Bu haqda “bein sports” nashri xabar berdi.
“Endi, 400 gol odamlarni hayratda qoldirmaydi. Agar odamlarni hayratda qoldirmoqchi bo‘lsangiz, yana ko‘p gol urishingiz kerak. Krishtianu Ronalduning 1000-goli? Bu hozircha haqiqiy emas, ammo men bunga intilaman”, deydi Mbappe.
Shuningdek, Mbappe Jahon chempionatidagi maqsadlarini haqida ham to‘xtalib o‘tdi:
“Jahon chempioni bo‘lish uchun o‘zimning eng yaxshi versiyam bo‘lishim kerak. O‘z mamlakatingni dunyo ko‘zida namoyon qilish sharafdir. Biz barcha 48 jamoa kabi g‘alaba qozonish uchun boramiz va Fransiya terma jamoasi libosiga uchinchi yulduzni qo‘yishni xohlaymiz”.
26 yoshli hujumchi faoliyatidagi eng muhim gollarni ham Fransiya terma jamoasida qayd etgan. Mbappe 2019 yil iyunida Andorraga qarshi uchrashuvda 100 va 2023 yil noyabrida Gibraltarga qarshi o‘yinlarda 300-gollarini nishonlagan edi. Xalqaro miqyosda u terma jamoa safida 55 ta gol urgan bo‘lib, Olive Jiruning 57-golli rekordiga ikki golga yaqinlashib oldi. Mbappeda Ozarbayjonga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda bu rekordni yangilash imkoniyati bor.
Klublar miqyosida Mbappe 345 ta gol urgan: 27 tasi “Monako”da, 256 tasi “Pari Sen-Jermen”da, 62 tasi esa “Real Madrid”da. U Liga 1 da 191, Chempionlar ligasida 60, La Ligada 44 va Fransiya Kubogida 37 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Ma’lumot uchun, Mbappe Jahon chempionati-2026 saralash bosqichida 5 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.
Live
Barchasi