Mbappe “El-Klasiko”da maydonga tushadimi? Alonso javob berdi
Sport
−
09 yanvar 2363 1 daqiqa
“Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga qarshi “El-Klasiko” uchrashuvida maydonga tushishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Alonso “Atletiko Madrid”ga qarshi yarim finaldan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“U ertaga jamoaga qo‘shiladi va biz uning o‘ynashga tayyor yoki yo‘qligini ko‘ramiz. U ancha yaxshi, mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Uning o‘ynash imkoniyati tarkibdagi boshqa futbolchilar bilan bir xil”, deydi Alonso.
Ma’lumot uchun, Mbappe tizzasidagi bog‘lamlar cho‘zilishi sabab jamoa bilan birga Saudiya Arabistoniga yo‘l olmagandi. Shu sababdan fransiyalik hujumchi “Atletiko Madrid”ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvini o‘tkazib yubordi.