Mbappe bolaligida to‘p tepgan klubni sotib olmoqchi
Sport
−
12 iyul 2024 5194 1 daqiqa
Mbappening oilasi Kilian bolaligida o‘ynagan “Kan” klubini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Mbappening butun oilaviy biznesini uning onasi Faiza Lamari boshqaradi, u ayni paytda “Real Madrid” a’zosiga aylangan futbolchining agenti hisoblanadi. Hozirda Mbappelar oilasi “Kan” aksiyalarining nazorat paketini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumni Fransiya ikkinchi divizionida 6-o‘rinda yakunlagan “Kan” futbol klubi yangi mavsumda elitaga chiqish uchun kurashmoqchi.
Normandiya klubi hozirda Amerikaning Oaktree Capital Management kompaniyasiga tegishli bo‘lib, mazkur kompaniya “Inter” klubiga ham egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” marketingi Mbappe futbolkalari sotuvida muammoga duch kelayotgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28