Mbappe 80 million yevrodan mahrum bo‘lishi mumkin

Sport

image

PSJ futbolchisi Kilian Mbappe klub bilan shartnomasini yangilamasa, 80 million yevrodan ko‘proq yo‘qotishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fransiyalik hujumchi PSJ bilan yangi shartnoma imzolamasa, bonus sifatida taqdim etiladigan 80 million yevrodan mosuvo bo‘ladi. Uning shartnomasida shartnoma yana bir yilga uzaytirilsa, Mbappe 80 million bonus oladi, degan band bor. 

Kilian Mbappe 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab yangi klublari bilan transfer borasida muzokara olib borishi mumkin. Futbolchi uchun ikki klub – “Real” va “Liverpul” da’vogarlik qilmoqda. Hozirda Mbappe yozda erkin agent sifatida boshqa klublar bilan dastlabki kelishuvni amalga oshirishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” hujumchini qo‘lga kiritish borasida so‘nggi qadamni qo‘ymoqchi va yanvar oyi o‘rtasiga qadar Mbappe bilan kelishuvni tasdiqlamoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made