Mbappe 516 ta o‘yinda uddalagan natijani Rays bir o‘yindayoq amalga oshirdi
Sport
−
09 aprel
2568Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Deklan Rays bir o‘yinda ikki marta jarima zarbasidan gol urib, bu borada Mbappening 516 o‘yinlik natijasidan ko‘proq natija qayd etdi.
Mbappe jarima zarbasidan urgan yagona gol La Liga 29-turida “Leganes”na qarshi bahsda kiritilgan. Rays esa bu natijani madridliklarga qarshi birgina o‘yinda uddaladi. 9 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan o‘yinda Rays birinchi golni 58-daqiqada, ikkinchisini esa 70-daqiqada jarima zarbasidan urdi. “Kanonirlar”ning uchinchi golini Mikel Merino o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Qayd etish joiz, “Real Madrid” - “Arsenal” o‘rtasidagi javob o‘yini 17 aprelga o‘tar kechasi Madridda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
LiveBarchasi