Rays yuqumli kasallikka chalindi – OAV

Sport

image

Angliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays ichak infeksiyasi sabab ketma-ket ikkinchi kun ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rays avvaldan son mushaklari va belining pastki qismiga ta’sir qiluvchi nevrologik muammolardan aziyat chekkan bo‘lib, infeksiya uning ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Angliya terma jamoasi esa kasallik jamoa ichida tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.

Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining chorak finalida yurishini davom ettirmoqda. Terma jamoa joriy yilning 12 iyul kuni Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.

Agar Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa “vikinglar” to‘sig‘idan o‘ta olsa, Argentina va Shveysariya uchrashuvining g‘olibi bilan yarim finalda to‘qnash keladi.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing