Rays kasallik sabab terma jamoadan chetlatildi
Sport
−
10 iyul 1765 2 daqiqa
Angliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays kasalligi sabab jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Rays ketma-ket ikki kun milliy terma jamoa mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan. Sababi futbolchida ichak infeksiyasi aniqlangan. 27 yoshli futbolchi avvaldan son mushaklari va belining pastki qismiga ta’sir qiluvchi nevrologik muammolardan aziyat chekkan bo‘lib, infeksiya uning ahvolini yanada og‘irlashtirgan.
Angliya terma jamoasi tibbiy shtabi infeksiyaning jamoa ichida tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rgan.
Norvegiya terma jamoasida ham sog‘liq bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Darvozabon Eryan Nyuland “Daily Mail”ga bergan intervyusida jamoa yig‘inida kasallik holatlari qayd etilganini tasdiqlagan. Avvalroq ikki nafar norvegiyalik futbolchi ham salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab mashg‘ulotlar va o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, Deklan Rays Angliya terma jamoasi safida shu vaqtgacha 77 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. U milliy jamoaning asosiy yetakchilaridan biri hisoblanadi. Klub miqyosida esa 2023 yildan buyon “Arsenal” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Angliya va Norvegiya o‘rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati chorak final uchrashuvi joriy yilning 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Deklan Rays terma jamoada yuqumli kasallik yuqtirib olgani va shu sabab ikki kun mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul