MB valyutalar kursini yangiladi. Dollar qimmatlashdi
Jamiyat
−
07 dekabr 2020
14802O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 8 dekabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 443 so‘m 7 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 15 so‘m 69 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 657 so‘mga baholanib, 183 so‘m 77 tiyinga qimmatladi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3 so‘m 57 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 141 so‘m 5 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.