MB Mirziyoyev tasviri tushirilgan oltin tangalar bo‘yicha izoh berdi
Jamiyat
−
06 may 2022 38913 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqaldi. Holat yuzasidan Markaziy bank rasmiy ma’lumot berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmagan.
Live
Barchasi