MB qayta moliyalash stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyul kuni Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy bank Boshqaruvining mazkur qarori iqtisodiyotda inflyatsion xatarlarning saqlanib qolayotganligi hamda kreditlar uchun resurslar manbalarini shakllantirishda davlat mablag‘laridan an’anaviy bozor instrumentlariga o‘tish zaruriyati yuzaga kelgan sharoitida banklardagi uzoq muddatli jamg‘armalar va ular ulushining oshishi sur’atlarini mustahkamlash vazifalaridan kelib chiqib qabul qilindi.

Joriy yilning I yarim yilligida avval e’lon qilingan ikkita press-relizlarda nazarda tutilgan ayrim inflyatsion xatarlarning yuzaga kela boshlaganligini inobatga olib, inflyatsiya prognozi 13,5-15,5 foiz oralig‘ida o‘zgarishsiz qoldirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing