MB: dollar, yevro va rubl arzonlashdi
Jamiyat
−
25 mart 2021
3577O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 26 martidan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 490 so‘m 34 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 17 so‘m 34 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 12 390 so‘m 14 tiyinga baholanib, 45 so‘m 70 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi kechagiga nisbatan 45 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 01 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi