MB bankomatlarda pulni naqdlashtirish “badal”i ko‘tarilganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistondagi ayrim nodavlat tijorat banklari plastik kartadagi pulni bankomat orqali naqdlashtirishda uning miqdoridan kelib chiqib olinadigan komissiyani 3 foizgacha ko‘paytirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Markaziy bank mazkur xabarlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Markaziy bank dastlab Qurbon hayiti kunlari munosabati bilan respublika hududidagi 9500 dan ortiq bankomatlarni uzluksiz ishlashi va yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash choralari ko‘rilganini ta’kidlagan.

Shundan so‘ng, muhokamaga sabab bo‘lgan masalaga to‘xtalib, bankomatlardan naqd pul yechish uchun komissiya to‘lovlari tijorat banklari tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilanishini va bugungi kunda 1 foizdan oshmasligini ta’kidladi.

“Ayrim tijorat banki tomonidan alohida bir bankomatda eksperiment tariqasida tabaqalashgan yuqori komissiya to‘lovi o‘rnatilgan bo‘lsa, erkin bozor sharoitida bu o‘zini oqlamaydi. Zero, boshqa bankomatlarda komissiya to‘lovi 1 foiz yoki undan past qilib belgilangani sababli iste’molchilar arzon xizmatidan foydalanishni afzal ko‘radi.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, Sizdan ma’lumotlarni tarqatishda ularning haqiqiyligini hamda tizimdagi xizmatlar ko‘lamiga ta’sirini inobatga olishingizni so‘raymiz”, deya yakunlanadi MB munosabati.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

1719

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing