MB asosiy stavkasini pasaytirdi
Jamiyat
−
14 aprel 2020 7363 1 daqiqa
Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi. Bu haqda MBning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.
Markaziy bank Boshqaruvining bugun, 14 apreldagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga asosan Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.
Ushbu qaror bo‘yicha batafsil ertaga, 15 aprel kuni Markaziy bank Raisi ishtirokidagi onlayn brifingda ma’lumot berilishi kutilyapti.
Live
Barchasi