MB asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2020
3071O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi bugun, 22 oktyabrda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror real foiz stavkalar ijobiyligini saqlab qolish, yuzaga kelgan vaqtinchalik inflyatsion xatarlar fonida, iqtisodiy faollikni yanada rag‘batlantirish uchun qulay sharoitlarning yaratilishi va o‘rta muddatli davrda inflyatsiya dinamikasining yanada sekinlashishi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan.
“Markaziy bank inflyatsiyaning yil yakuni bo‘yicha prognozini yillik 11-12,5 foiz darajasida saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘radi.
Asosiy stavka bo‘yicha kelgusidagi qarorlar inflyatsiyaning joriy va prognoz dinamikasining shakllanishi, shuningdek ichki va tashqi xatarlarni baholash asosida qabul qilinadi”, deyiladi rasmiy axborotda.
Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha oraliq yig‘ilishi 2020 yil 10 dekabrga belgilangan. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Press-reliz e’lon qilinadi.
LiveBarchasi