Majlis o‘tkazavermasdan katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz, sizni hurmat qilishni boshlayman – Mirziyoyev Yo‘ldoshevga
Jamiyat
−
21 dekabr 2021
12741O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevdan katta-katta korrupsioner hokimlarni ushlashni talab qilmoqda. Bu haqda bugun, 21 dekabr kuni Prezident huzurida yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z bordi.
Shavkat Mirziyoyev respublika bo‘yicha 30 mingta fermer va dehqonlarga ajratilgan yer hujjatga nisbatan 67 ming gektar ko‘pligi aniqlanganini tanqid qildi va bu holat korrupsiya bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
“Hammasi poraxo‘rlik. Hech kim bir gektar, bir sotix yerni bekorga bermaydi-ku. Ayniqsa, 28 mingtasi esa yer maydoni hokim qaroriga nisbatan amalda 234 ming gektarga kamligi ma’lum bo‘ldi”, degan Prezident.
Davlat rahbari bundan tashqari, yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligini urg‘ulagan.
“Hokim va prokurorlar buning orqasida aniq pora va korrupsiya turibdi. Bosh prokuror buni yoqadimi-yoqmaydimi hammaga aytishi kerak. Bizda Konstitutsiyaga ko‘ra korrupsiyaga qarshi Bosh prokuratura (kurashadi – tahr.). Konstitutsiyaviy burchi bular. Yo‘ldoshev (Bosh prokuror) shuni hammaga qattiq aytishi kerak. Buni orqasida pora, korrupsiya turibdi. Faqat majlis o‘tkazaverish emas, katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz men sizni hurmat qilishni boshlayman”, deya Nig‘matilla Yo‘ldoshevga talab qo‘gan Prezident.
LiveBarchasi