Majburiy mehnat uchun jarima oshiriladi
Jamiyat
−
26 avgust 2019
4463Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun belgilangan jarima miqdori 10 barobar oshiriladi. Bu haqdagi tuzatishlar Senat tomonidan ma’qullandi.
Mehnatga biron bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun jarimalar miqdori sezilarli darajada oshirildi. Shanba kungi yigirma birinchi yalpi majlisda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullandi.
Hozirda mazkur qonunbuzarlik holati uchun jarima miqdori Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasiga muvofiq EKIHning 1 barobaridan 3 barobarigacha miqdorni tashkil etadi. Yangi tuzatishlar jarima miqdorini EKOIHning 10 barobaridan 30 barobariga qadar oshirishni nazarda tutgan.
Shuningdek, ushbu modda xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgani uchun EKIHning 30 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutuvchi qism bilan ham to‘ldirilmoqda.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan shunday huquqbuzarlik sodir etilgan bo‘lsa, EKIHning 30 barobaridan 50 barobarigacha, bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda – EKIHning 50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar