Maymunchechakning yangi shtammi tezroq mutatsiyaga uchramoqda

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasidan tarqalgan yangi maymunchechak shtammini o‘rganayotgan olimlarning ta’kidlashicha, virus kutilganidan tezroq o‘zgarib bormoqda, ammo mutaxassislar uni yaxshi tadqiq qilish uchun mablag‘ va jihozlar yetishmayapti. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

"Men Afrikada ko‘r-ko‘rona ishlayotganimizdan xavotirdaman. Biz epidemiyani yaxshi tushunmayapmiz. Agar uni yaxshi tushunmasak, yuqish dinamikasi, kasallikning og‘irligi, uning xavfli omillari nuqtai nazaridan muammoni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelamiz. Men virus mutatsiyaga uchragani va yangi shtammlarni keltirib chiqarayotganidan xavotirdaman", dedi Nigeriyadagi Niger Delta universiteti shifoxonasining yuqumli kasalliklar mutaxassisi va  JSSTning maymunchechak bo‘yicha favqulodda qo‘mitasi raisi Dimiye Ogoina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nigeriyada Clade IIb shtammi odamlar orasida doimiy tarqalishiga yetarli darajadagi mutatsiyasi uchun besh yil yoki undan ko‘proq vaqt kerak bo‘lib, 2022 yil global epidemiyani keltirib chiqargan. Clade Ib esa bir yildan kamroq vaqt ichida xuddi shu darajadagi mutatsiyaga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlovchi test tizimlarini yuborishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Maymunchechak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing