Maymunchechakka chalinish holati ilk bor Afrikadan tashqarida qayd etildi
Salomatlik
−
16 avgust
3384Shvetsiya hukumati mamlakatda maymunchechak kasalligi (M-pox) qayd etilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
2023 yil oxirida yangi epidemiya boshlanganidan beri bu virus Afrikadan tashqarida birinchi marta aniqlangan. Rasmiylarning tushuntirishicha, bemor kasallikni Afrikaga safari paytida yuqtirgan.
Afrikada 2023 yil sentyabridan beri maymunchechakning yangi epidemiyasi davom etmoqda. Qit’ada 13,7 ming holat qayd etilgan, 456 kishi vafot etgan.
2022 yilda Afrikada maymunchechak epidemiyasi ham kuzatildi va JSST ham xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qildi. Ushbu epidemiyaga hozirgidan kamroq xavfli shtamm sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, virusning birinchi alomatlari 5-21 kun ichida namoyon bo‘ladi. Maymunchechak odatda yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, bel va mushak og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, charchoq, titroq va suvchechakka o‘xshash terida toshmalarni keltirib chiqaradi. Muayyan davolash usuli mavjud emas, ammo kasallik antiviral preparatlar bilan davolanadi. Aksariyat hollarda kasallik yengil kechib, bemorlar bir necha hafta ichida tuzalib ketadi.
JSST irqchilik va kamsitish bilan bog‘liq xavotirlar tufayli 2022 yilda maymunchechak nomini M-pox’ga o‘zgartirgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 14 avgust kuni maymunchechak virusi (M-pox) tufayli global favqulodda holat e’lon qilgandi.