Maymun chechagi. Yangi pandemiya xavfi bormi? 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagining yanada tarqalishiga qarshi bir qator choralar ko‘rishga chaqirmoqda. 

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarda maymun chechagi bilan kasallanish holatlari shu paytgacha Yevropa, Shimoliy Amerika va Avstraliyada aniqlangan. Biroq, kuzatuvlarning cheklangani sababli, kasallik boshqa mamlakatlarda ham qayd etilishi mumkin. 

Joriy yilning 21 may holatiga ko‘ra, dunyoda maymun chechagi infeksiyasining 90 ga yaqin tasdiqlangan holatlari qayd etilgan. 30 ga yaqin odam ushbu kasallikka chalinganlikda gumon qilinmoqda. Hozircha o‘lim holatlari qayd etilmagan. 

Mutaxassislar yangi pandemiya kutmayapti 

Maymun chechagi birinchi marta 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida odamlarda aniqlangan. Kasallikning alohida holatlari Markaziy va G‘arbiy Afrika mamlakatlarida kuzatilgan. 

Yaqin kelajakda maymun chechagi infeksiyalari sonining ko‘payishi kutilayotganiga qaramay, mutaxassislar hali jiddiy tashvishlanish sabablarini ko‘rmayapti. 

“Biz yangi pandemiyadan qo‘rqmasligimiz kerak”, degan Myunxendagi Lyudvig va Maksimilian nomidagi universitet virusologi Gerd Sutter. 

Uning qayd etishicha, maymun chechagi hayvonlardan odamga yuqadigan zoonoz kasallikdir. Uning odamdan odamga yuqishi bilan ikkilamchi tarqalishi cheklangan. 

JSST davlatlari Jenevada virusni muhokama qilyapti 

Joriy yilning 22 may kuni Jenevada ochilgan 75-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi sog‘lom va osoyishta sayyora qurishga e’tibor qaratmoqda. 2019 yildan beri birinchi marta yuzma-yuz o‘tkazilayotgan JSSTning yillik asosiy forumida tashkilotga a’zo 194 davlat, jumladan, Rossiya vakillari ishtirok etmoqda. Forum mavzularidan biri maymun chechagi virusining tarqalishidir. 

Eslatib o‘tamiz, Belgiya dunyoda birinchi bo‘lib maymun chechagi bilan kasallanganlar uchun 21 kunlik majburiy karantin joriy qildi.


Maqola muallifi

Teglar

maymun chechagi

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing