Maymun chechagi O‘zbekistonga kirsa, karantin joriy qilinadimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga maymun chechagi kirib kelgan taqdirda mamlakatda karantin cheklovlarini joriy qilishga zarurat yo‘q. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Yurtimizga bu kasallik kirib kelgan taqdirda ham birorta shifoxonani mazkur kasallikka moslashtirish yoki alohida shifoxona tashkil etishga ehtiyoj yo‘q. Chunki O‘zbekistonda 1980 yildan avval tug‘ilganlarning barchasi kasallikka qarshi emlangan. Ya’ni hozirda mamlakatimiz aholisining 50 foizida emlash orqali immunitet paydo qilingan. Bilamizki, bunday holatda kasallik ommaviy epidemiya tarzida tarqalib ketmaydi”, deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Ammo JSST tavsiyalariga ko‘ra, ehtiyot choralari ko‘rib borilmoqda.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarda maymun chechagi bilan kasallanish holatlari shu paytgacha Yevropa, Shimoliy Amerika va Avstraliyada aniqlangan. Biroq, kuzatuvlarning cheklangani sababli, kasallik boshqa mamlakatlarda ham qayd etilishi mumkin. 

Joriy yilning 21 may holatiga ko‘ra, dunyoda maymun chechagi infeksiyasining 90 ga yaqin tasdiqlangan holatlari qayd etilgan. 30 ga yaqin odam ushbu kasallikka chalinganlikda gumon qilinmoqda. Hozircha o‘lim holatlari qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

991

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing