Maymun chechagi Rossiyaga kirib keldi
Olam
−
12 iyul 2022
6397Rossiyada maymun chechagi bilan kasallanishning birinchi holati Yevropadan qaytgan yigitda tasdiqlandi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” matbuot xizmati jurnalistlarga ma’lum qildi.
Rossiyada maymun chechagining birinchi holati tasdiqlandi. Kasallik Yevropaga sayohatdan qaytgan va xarakterli toshma bilan tibbiy muassasaga murojaat qilgan yosh yigitda aniqlangan.
“Rospotrebnadzor”ning aniqlik kiritishicha, kasallik yengil kechmoqda va bemorning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. U izolyatsiya qilingan va yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15