Maykl Jordan uslubidagi goldan so‘ng Ronaldu memlar qahramoni bo‘ldi
Sport
−
20 dekabr 2019
10741Italiya chempionatidagi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu "Sampdoriya"ga qarshi ajoyib golga mualliflik qildi. Uning 45-daqiqada portugaliyalik Aleks Sandro uzatgan to‘pni raqib darvozasiga kiritgani barchani lol qoldirdi.
"Footbal Italia" xabariga ko‘ra, Ronaldu darvozaga zarba berish vaqtida 71 sm (28 dyuym) balandlikka sakragan. O‘sha vaqtda Ronalduning boshi maydondan 256 sm balandlikda bo‘lgan.
Uchrashuvdan keyin Ronaldu o‘zini Maykl Jordan bilan taqqoslagan.
“O‘yindan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu superqahramonga o‘xshab, osmonga ko‘tarilgan memlari paydo bo‘la boshladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi