Maykl Jeksonning jiyani filmda amakisini gavdalantiradi  

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Maykl Jeksonning 26 yoshli jiyani Jafar Jekson marhum yulduz haqidagi biografik filmda “Maykl Jekson” rolini ijro etadi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan filmni suratga olish ishlari shu yil boshlanadi. Loyiha prodyuseri Graham Kingning aytishicha, film ishtirokchilarini tanlash uchun dunyo bo‘ylab kasting o‘tkazilgan. Biroq film ijodkorlari faqat Jafar Jekson Mayklning ruhi va shaxsiyatini ifodalay oladi, degan to‘xtamga kelgan.

 “U bu rolni o‘z zimmasiga oladigan yagona odam ekanligi aniq edi. Men uning amakisini tasvirlash uchun yo‘lga chiqqanidan juda xursandman va butun dunyo uni Maykl Jekson sifatida katta ekranda ko‘rishini intiqlik bilan kutyapti”, deydi prodyuser Graham King.

Pop qirolining ukasi Jermeyn Jeksonning o‘g‘li Jafar ham Instagram'da amakisining hikoyasini jonlantirayotganidan sharafda ekanini yozgan. Shuningdek, Jeksonlar oilasi ham prodyuserning kasting tanlovini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Xususan, Mayklning o‘g‘li Prins Jekson Jafar o‘zida otasining ko‘p jihatlarini mujassamlashtirganini aytgan.

“To‘g‘risini aytsam, men u uchun juda hursandman va undan faxrlanaman. U o‘z ishini qilyapti va men uning ajoyib rol ijro etishiga ishonaman. Aminmanki, biz hammamiz dunyoga otamning hech kim bilmagan va bilishga arziydigan jihatlarini ko‘rsata olamiz”, deb yozgan Prins Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, “Thriller”, “Smooth Criminal”, “Billie Jean” kabi hit qo‘shiqlar yaratgan pop qiroli Maykl Jekson 2009 yilda 50 yoshida vafot etgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Maykl Jekson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing