Maykl Jeksonning shlyapasi auksionga qo‘yildi
Madaniyat-san’at
−
22 iyun 2023
10387Mashhur pop qiroli Maykl Jeksonning eng mashhur liboslaridan biri – ilk “Oy yurishi” raqsi ijrosida kiygan Fedora shlyapasi auksionga qo‘yildi. Bu haqda “Frans24.com” sayti ma’lum qildi.
Pop qiroli bu shlyapani 1983 yil 25 mart kuni “Billi Jean” qo‘shig‘ini kuylash vaqtida “Oy yurishi”ni amalga oshirishdan avval sahna ortiga uloqtirgan.
Maykl konsertdan keyin tez-tez tomoshabinlarga shlyapa uloqtirgan. Shunga qaramay, bu shlyapalar ko‘pincha ularni qo‘lga kiritishga harakat qilgan muxlislar tomonidan yirtib yuborilgan. Bu hozirda kimoshdi savdosiga qo‘yilgan shlyapaning qiymatini yanada oshiradi.
Ayniqsa, uning vafotidan so‘ng shaxsiy buyumlarning qiymati tez o‘sdi. Hatto Ledi Gaga ham Maykl Jekson buyumlarining ulkan kolleksiyachisi. Bir necha yil oldin u maxsus kimoshdi savdosida uning 50 dan ortiq shaxsiy narsalarini sotib olgan.
Savdoni Artpegas va Lemon Auction kompaniyalari uyushtirmoqda. Lotning dastlabki qiymati 60 000 dan 100 000 yevrogacha deb baholanmoqda. Shlyapa 26 sentyabr kuni Parijning asosiy auksion uyi Hotel Drout tomonidan rok-n-roll buyumlari kim oshdi savdosining yulduzli loti bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bundan 3 yil avval 21 yil davomida Maykl Jeksonga tegishli bo‘lgan “Neverland” ranchosi 22 million dollarga sotilgan edi.
Sevara Husniddinova